Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

3ta hududda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

A A A
3ta hududda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. fuqaro M.J.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 1 000 AQSh dollari evaziga “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, 700 AQSh dollari va 4 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar tashkiloti”ning Andijon tumani klubi o‘rgatuvchi ustasi M.O. va “M.” MCHJ avto maktabi o‘rgatuvchi ustasi D.P. fuqaro G.A.ga haydovchilik kursini o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib berishlari evaziga 4,5 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Dehqonobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.R. fuqaro S.U.ga "Vatanparvar" tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik kursida o‘qiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:02 26.11.2024. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!