Yaqindan beri "Milan" sharafini himoya qilayotgan 39 yoshli Luka Modrich A Seriya rekordlarini yangilashda davom etmoqda. Juma kuni xorvatiyalik futbolchi 2-tur doirasida "rossonerilar"ga safarda "Lechche"ni mag‘lub etishda yordam berdi (2:0) va golli uzatmani amalga oshirdi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Modrich Italiya chempionatida yarim himoyachilar o‘rtasida (39 yosh 354 kun) ma’lumot to‘plash davomida (2004/05 yilgi mavsumdan beri) eng keksa assistentga aylandi.
Luka Modrich joriy yozda "Milan"ga ko‘chib o‘tdi. Italiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin xavbek 13 yil davomida "Real" sharafini himoya qilgan.
Juma kungi "Lechche"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Massimiliano Allegri jamoasiga joriy mavsumdagi dastlabki ochkolarni taqdim etdi.