Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

3400 AQSh dollarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
3400 AQSh dollarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahridagi “Marmar dehqon bozori” hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.SH. fuqaro N.H.ga 3 400 AQSh dollarini 38,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:12 24.11.2022. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!