Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

33 yoshli o‘qituvchi ayol o‘smir o‘quvchini zo‘rlagani uchun sud qilinmoqda

33 yoshli o‘qituvchi ayol o‘smir o‘quvchini zo‘rlagani uchun sud qilinmoqda

Buyuk Britaniyaning Belfast shahrida 33 yoshli o‘qituvchi ayol o‘smir bilan yaqin aloqada bo‘lgani uchun sudga tortildi. Bu haqda Belfast Live xabar bermoqda.

O‘qituvchi o‘smirni jinsiy aloqa qilishga va behayo videolar tomosha qilishga majburlaganlikda ayblanmoqda. Shuningdek, u o‘smirning nomaqbul suratlarini noqonuniy ravishda egallaganligi qayd etilgan.

Iyun oyida ayol maktab o‘quvchisini uni zo‘rlashda ayblagandi. Prokuror esa ayblovlarni yolg‘on deb hisoblaydi: uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchi ayol jazodan qochishga harakat qilgan.

Ayolga 11 ta ayblov qo‘yilgan. Sud jarayonida u maktabda ishlashdan chetlashtirildi.

Kiritildi: 04:00 02.09.2024. O'qildi: 8317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!