Futbol tarixida 30 yosh va undan katta futbolchilar ishtirokida amalga oshirilgan eng qimmat transferlar reytingi taqdim etildi. Ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu hamon yaqqol yetakchilik qilmoqda.
Transfermarkt ma’lumotlari asosida tuzilgan reytingga ko‘ra, Ronalduning 2018 yilda «Real»dan «Yuventus»ga 117 mln yevro evaziga o‘tishi 30+ yosh toifasidagi futbolchilar uchun rekord transfer bo‘lib qolmoqda.
Ikkinchi o‘rinni Xarri Keyn egallagan. Angliyalik hujumchining 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga ko‘chib o‘tishi 95 mln yevroga baholangan.
Kuchli uchlikni Neymar yakunlaydi. Braziliyalik futbolchining «PSJ»dan «Al-Hilol»ga transferi 90 mln yevroni tashkil qilgan.
Reytingning eng yuqori o‘rinlaridan yangi transfer ham joy oldi. «Barselona» Rodrini «Manchester Siti»dan 60 mln yevroga xarid qilgan va ispaniyalik yarim himoyachi bu ko‘rsatkich bilan ro‘yxatda beshinchi bo‘ldi.
30 yoshdan oshgan futbolchilarning eng qimmat transferlari:
1. Krishtianu Ronaldu — «Real» → «Yuventus» — 117 mln yevro
2. Xarri Keyn — «Tottenhem» → «Bavariya» — 95 mln yevro
3. Neymar — «PSJ» → «Al-Hilol» — 90 mln yevro
4. Kazemiro — «Real» → «Manchester Yunayted» — 70 mln yevro
5. Rodri — «Manchester Siti» → «Barselona» — 60 mln yevro
6. Miralem Pyanich — «Yuventus» → «Barselona» — 60 mln yevro
7. Robert Levandovski — «Bavariya» → «Barselona» — 45 mln yevro
8. Marko Verratti — «PSJ» → «Al-Arabi» — 45 mln yevro
9. Paulinyo — «Barselona» → «Guanchjou Evergrand» — 42 mln yevro
10. Leonardo Bonuchchi — «Yuventus» → «Milan» — 42 mln yevro
E’tiborlisi, kuchli o‘nlikda «Barselona» ishtirokidagi to‘rtta transfer bor. Kataloniyaliklar Rodri, Pyanich va Levandovskini 30 yoshdan oshganidan keyin xarid qilgan, Paulinyoni esa Xitoy klubiga sotgan.
Shu bilan birga, Ronalduning qariyb sakkiz yil avval o‘rnatgan rekordi hanuzgacha yangilangani yo‘q. Uning 117 mln yevrolik ko‘rsatkichi ikkinchi o‘rindagi Keyn transferidan 22 mln yevroga qimmat.