Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

29 ta “Iphone”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

29 ta “Iphone”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 22 noyabr kuni “Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining Lacetti rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, mashinaning old qismida 5 dona “iPhone 16 Pro Max”, 7 dona “iPhone 16 Pro”, 8 dona “iPhone 15 Pro Max”, 9 dona “iPhone 15 Pro” rusumli, jami 29 dona bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmagan, muqaddam respublika hududiga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Fuqaro mazkur telefonlarni “shartli xaridor”ga sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Smartfonlarning umumiy qiymati 400 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Toshkent-AERO” IBK tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida 213 ta holatda jami 14 mlrd so‘mlik 4 419 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi oldi olingan.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!