Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

28 yil: Britaniyalik Karl Bushbi butun Yer yuzini piyoda aylanib chiqdi

A A A
28 yil: Britaniyalik Karl Bushbi butun Yer yuzini piyoda aylanib chiqdi

Buning uchun unga 28 yil kerak bo‘ldi.

Karl «Goliaf ekspedisiyasi»ni 1998-yilda Chili janubidan boshlagan edi. Sayohatni 2008-yildayoq yakunlash rejalashtirilgan bo‘lsa-da, vizalar va inqirozlar tufayli jarayon cho‘zilib ketdi. Uning Britaniyadagi ona shahri esa sayohatning so‘nggi manziliga aylandi.

Buning uchun Bushbi Bering bo‘g‘ozini, Kaspiy dengizi va La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tdi. U hech qanday transport vositasisiz jami 58 ming kilometr masofani bosib o‘tgan. Hozirda uning sayohati yakunlari bo‘yicha katta hujjatli film tayyorlanmoqda.

Karl Rossiya tundrasida jon saqlab yurgan paytlarida, Apple o‘zining ilk iPhone modelini taqdim etgan edi. iPhone Duo chiqarilganida esa u hali ham yo‘lda bo‘lgan.

Kiritildi: 22:28 13.10.2026. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!