Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

27 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

A A A
27 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar

1328 yil— Filipp IV Chiroylining kenja o‘g‘l, Kapetibglar sulolasining so‘nggi vakili Karl IV vafotidan so‘ng Karlning amakivachchasi Filipp VI Valualar sulolasining birinchi qiroli sifatida Fransiya taxtiga o‘tirgan;

1647 yil — birinchi jodugar Acha Yang Massachusets shtatida qatl etilgan;

1703 yil — Sankt-Peterburg shahri tashkil etilgan;

1844 yil — ilk Morze xabari yuborilgan;

1873 yil— shahzoda Eduard orolining aholisi Kanadaga qo‘shilishga qaror qilishgan;

1895 yil —ingliz ixtirochisi Birt Akres kinoproyektorni patentlagan;

1900 yil — Belgiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida mutanosib vakillik tizimi dunyoda birinchi marta sinab ko‘rildi.

1912 yil— Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining VI yozgi Olimpiya o‘yinlarini 1916 yilda Berlinda o‘tkazish to‘g‘risida qarori qabul qilingan. Ammo keyinchalik, Birinchi jahon urushi boshlanishi sababli, o‘yinlar bekor qilingan;

1916 yil— AQSh prezidenti Vudro Uilson urushdan keyin Millatlar Ligasini tuzishga chaqirgan;

1920 yil —Tatariston ASSR tashkil topgan;

1921 yil —Afg‘oniston mustaqil davlatga aylangan;

1922 yil —Vatikan Falastindagi yahudiy davlatining rejalarini keskin tanqid qilgan;

1926 yil— Missuri shtatining Gannibal shahrida Geklberri Fin va Tom Soyerga yodgorlik o‘rnatilgan;

1930 yil— Richard Dryu «shaffof selofan yopishqoq lenta», ya’ni skotchni patentlagan. Yangilik avtomobil bo‘yash paytida derazalarni himoya qilish uchun ishlatilgan;

1931 yil— dunyodagi birinchi odamning stratosfera shariga parvozini shveytsariyalik olimlar O.Pikard va P.Kipferlar amalga oshirishgan;

1937 yil — San-Fransiskoda Oltin darvoza ko‘prigi ochilgan;

1941 yil — nemis harbiy kemasi «Bismark» ingliz floti tomonidan cho‘ktirilgan, shundan so‘ng nemis dengiz kuchlari o‘z sa’y-harakatlarini suvosti urushlariga yo‘naltirishgan;

1960 yil —Turkiyada harbiy to‘ntarish yuz bergan;

1964 yil — Kolumbiyada fuqarolar urushi boshlangan;

1996 yil— O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan;

1997 yil —Parijda Rossiya Federasiyasi va NATO o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida ta’sis hujjati imzolangan.

Kiritildi: 22:58 27.05.2021. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!