Bugun 25 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

27 mart kuni Parijda “Ukrainaga yordam berishni xohlovchilar koalisiyasi” sammiti bo‘lib o‘tadi

27 mart kuni Parijda “Ukrainaga yordam berishni xohlovchilar koalisiyasi” sammiti bo‘lib o‘tadi

Makron 27 mart kuni Parijda “Ukrainaga yordam berishni xohlovchilar koalisiyasi” sammiti bo‘lib o‘tishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda BFMTV

Fransiya prezidenti bu haqda Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitining birinchi kuni yakunlanganidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

Bloomberg'ning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatlari, jumladan Fransiya Germaniya va Polsha, shuningdek, YEIga a’zo bo‘lmagan Kanada va Buyuk Britaniya kelasi hafta Parijda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun yangi yig‘ilish o‘tkazadi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlar Rossiya va AQSh o‘rtasidagi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga qanday ta’sir o‘tkazish va unda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkinligini muhokama qilishadi.

Kiritildi: 11:51 21.03.2025. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!