24 iyul kuni AQSH, Isroil va Suriyaning yuqori martabali vakillari Suriya janubidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashadi.
Axios nashrining xabar berishicha, muzokaralarga AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak raislik qiladi.
Bu yaqinda mintaqadagi keskinlashuv va Isroilning Damashqqa bergan zarbalaridan keyingi ilk uchrashuv bo‘ladi. Asosiy e’tibor Suriya janubidagi xavfsizlik choralariga, shuningdek, keyingi inqirozlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlatlar o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratiladi, deya qayd etadi portal.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv qayerda bo‘lishi hozircha oshkor etilmagan. Avvalroq Bokuda Isroil milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saxi Xanegbi va Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad ash-Shiboniy o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.