Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2300 AQSh dollariga xorijga ishga yuborish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
2300 AQSh dollariga xorijga ishga yuborish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 2 300 AQSh dollari evaziga Polsha Respublikasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishlash uchun yuborishini va’da qilib, oldindan viza hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro X.Z.ni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:36 30.09.2023. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!