Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 388 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar G‘azo markazi, Bayt-Lahia, Rafah, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 53 kishi halok bo‘ldi, ulardan 46 nafari anklav shimolida.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: 22 kun davomida G‘azoning shimoliy qismiga bir tomchi suv ham, non ham yetib bormadi.
▪️Jabaliya lagerida Kassam brigadalari yana bir "Merkava-4" tankini yo‘q qildi.
▪️G‘arbiy Sohilda falastinlik Rami Natur yuk mashinasini Mossad qarorgohi yaqinidagi avtobus bekatiga borib urdi. 1 dan 5 tagacha askar halok bo‘ldi, 50 tasi yaralandi.
▪️Bosqinchilar G‘arbiy Sohildagi Xevron, Nablus, Vifleem shaharlarida 12 nafar falastinlikni hibsga oldi. Urush boshlanganidan buyon G‘arbiy Sohilda qo‘lga olingan soni 11,5 ming nafardan oshdi.
▪️Tulkarmda qarshilik jangarilari bomba o‘rnatilgan mashinani askarlar tekshirayotganda portlatib yuborishdi. Jenin shahrida jangchilar bosib olgan piyoda askarlarga qarata o‘q uzdi.
▪️Hizbulloh bir kunda bosqinchilarga qarshi 29 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi.
▪️Livanning Ayn-Baal shahrida bosqinchilar tibbiyot markazini portlatib yubordi. 3 nafar tez tibbiy yordam xodimi vafot etdi. Nasistlar hujumi boshlanganidan beri Livanda jami 167 shifokor halok bo‘ldi.
▪️Bugun Janubiy Afrika Xalqaro sudga Isroilning genosid qilganiga oid yangi dalillarni taqdim etadi.