Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

2030 yilga kelib global iqtisodiyot o‘sishi 30 yillik minimal drajaga tushadi

2030 yilga kelib global iqtisodiyot o‘sishi 30 yillik minimal drajaga tushadi

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga borib global iqtisodiy o‘sishning “tezlik chegarasi” (u inflyasiyani qo‘zg‘atmasdan o‘sishi mumkin bo‘lgan maksimal sur’at) so‘nggi o‘ttiz yillikda minimal darajaga tushadi.

Tashkilot vaziyatga shunday baho berdi “Uzoq muddatli o‘sish istiqbollari pasaymoqda: tendensiyalar, taxminlar va siyosatlar”.

Ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 30 yil ichida “taraqqiyot va farovonlik”ni ta’minlagan deyarli barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar asta-sekin so‘nib bormoqda.

Jahon banki 2022 va 2030 yillar oralig‘ida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha global potensial o‘sishi taxminan 2,2 foizga, ya’ni XXI asrning birinchi o‘n yilligida qayd etilgan sur’atlarning uchdan biriga qisqarishini kutmoqda.

“Bu jahon iqtisodiyoti uchun yo‘qotilgan o‘n yil bo‘lishi mumkin. Potensial o‘sishning davom etayotgan pasayishi tobora ortib borayotgan muammolarni hal qilishning umumiy qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: qashshoqlik, daromadlar tengsizligi va iqlim o‘zgarishi”, — deydi Jahon banki bosh iqtisodchisi Indermit Gill.

Hisobot mualliflari milliy darajada oqilona siyosatni shakllantirishning aniq usullarini taqdim etgan: pul-kredit va fiskal siyosatni moslashtirish, investisiyalarni ko‘paytirish, savdo xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish sohasidan foyda olish, demografik va ishchi kuchi muammolariga e’tibor qaratish.

Nihoyat, hisobotda global hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlangan. Uning tiklanishi savdoni rag‘batlantirish, investisiyalarni jalb qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni jadallashtirishga yordam beradi.

2023 yil boshida Jahon banki global o‘sish prognozini 2023 yilda 1,7 foizgacha va 2024 yilda 3 foizgacha qayta ko‘rib chiqqan edi.

Kiritildi: 03:46 28.03.2023. O'qildi: 2082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!