Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2030 yilga borib o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi oliy ma’lumotli bo‘ladi

2030 yilga borib o‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi oliy ma’lumotli bo‘ladi

2030 yilga kelib o‘zbekistonliklarning 50% dan ortig‘i oliy ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu prezident tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasida ma’lum qilingan.

Belgilangan maqsadga qanday erishiladi?

Ushbu konsepsiyaning asosiy vazifasi hududlardagi davlat va nodavlat universitetlarni ochish vaular o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdir. 

Oliy ta’lim tizimidagi hozirgi holat

Bugungi kunga kelib, o‘zbekistonliklarning atigi 10,08 foizi oliy ma’lumotga ega, davlatning ta’lim xarajatlari esa 23,03 foizni tashkil qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatda 58 ta mahalliy (shu jumladan 20 ta universitet, 36 ta institut, 2 ta akademiya) va 21 ta xorijiy oliy ta’lim muassasi, ularning filiallari mavjud. Ta’kidlash joizki, davlat universitetlariga kirmagan abituriyentlar orasidagi tafovut yil sayin ortib bormoqda. Eng achinarlisi shundaki, o‘qishga kira olmayotgan 18 – 24 yoshli qatlam bu raqam yil sayin oshib bormoqda.

Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga 1 milliondan ortiq abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 110 mingidan biroz kamrog‘i talaba bo‘lgan.

togri.uz

Kiritildi: 13:55 10.10.2019. O'qildi: 1445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!