Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

2030 yilga borib dunyoda kamida olti dollarlik trillionerlar bo‘ladi, - Informa Connect Academy

 2030 yilga borib dunyoda kamida olti dollarlik trillionerlar bo‘ladi, - Informa Connect Academy

Katta boyliklarni kuzatuvchi Informa Connect Academy'ning yangi hisobotiga ko‘ra, SpaceX, Tesla va X ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

Tashkilot tahlili Maskning boyligi yiliga o‘rtacha 110 foizga oshib borayotganiga asoslanadi.

Shu oy boshida akademiyaning «2024 Trillion Dollar Club» hisoboti tarqala boshlaganda Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, u 251 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy odam ham edi.

Tahlillarga ko‘ra, hindistonlik tadbirkor va yirik konglomerat asoschisi Gautam Adani yillik o‘sish sur’ati 123% darajasida saqlanib qolsa, 2028 yilga borib ikkinchi trillionerga aylanishi prognoz qilinmoqda.

Indoneziyalik magnat Prajogo Pangestu va Nvidia texnologiya kompaniyasi bosh direktori Jensen Xuang, agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, 2028 yilga kelib trillionerga aylanishi mumkin.

LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton rahbari va qariyb 200 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning uchinchi eng badavlat odami Bernard Arno, shuningdek, Meta bosh direktori Mark Sukerberg 2030 yilga borib 1 trillion dollardan oshishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:51 15.09.2024. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!