Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

2029 yilga borib sun’iy intellekt barcha odamlardan aqlliroq bo‘ladi

A A A
2029 yilga borib sun’iy intellekt barcha odamlardan aqlliroq bo‘ladi

Milliarder va texnologiya magnati Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt kelgusi yili inson darajasiga yetib boradi va 2029 yilga borib butun insoniyat darajasiga yetadi, deb xabar beradi FOX Business

— Kelgusi yilda sun’iy intellekt har qanday odamdan aqlliroq bo‘ladi. 2029 yilga borib, sun’iy intellekt barcha odamlardan ko‘ra aqlliroq bo‘ladi, — deb yozdi Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda.

Mask sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq xavf-xatarlar haqida o‘z xavotirlarini gapirib, kuchli texnologiyani yanada qattiqroq tartibga solishga chaqirdi.

U noto‘g‘ri boshqarilsa, sun’iy intellekt “sivilizasiyani yo‘q qilishga” olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Avvalroq Mask Fox News telekanaliga bergan intervyusida ChatGPT va boshqa sun’iy intellekt chatbotlarining tarafkashligiga qarshi kurashish uchun o‘zining «TruthGPT» nomli sun’iy intellekt chatbotini ishlab chiqish rejalarini aytib o‘tgan edi. Maskning aytishicha, u noxolis yoki mafkuraviy dasturchilar AI texnologiyasidan "yolg‘on gapirish" va yolg‘on ma’lumotlarni cheklovsiz tarqatish uchun foydalanishidan qo‘rqadi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, "AI yolg‘on gapirishga o‘rgatilmoqda va bu — yomon. AI qanchalik kichik xavf tug‘dirmasin, lekin u sivilizasiyani yo‘q qilish potensialiga ega".

Kiritildi: 22:45 15.07.2025. O'qildi: 452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!