AQShning Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2026 yilning ikkinchi yarmida kuchli “super El-Ninyo” boshlanishi ehtimoli bor.
Bu Tinch okeani yuzasida suv haroratining keskin isishi bilan bog‘liq tabiiy iqlim hodisasi hisoblanadi.
Mutaxassislar ogohlantirishicha, bu jarayon dunyo bo‘ylab:
— ekstremal issiqlik
— kuchli qurg‘oqchilik
— toshqinlar
— o‘rmon yong‘inlari
— va boshqa iqlim anomaliyalarini kuchaytirishi mumkin.
El-Ninyo odatda global haroratni oshiradi va turli mintaqalarda ob-havo muvozanatini o‘zgartiradi.