Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

2026 yil eng issiq yil sifatida rekord o‘rnatishi ehtimoli juda yuqori

2026 yil eng issiq yil sifatida rekord o‘rnatishi ehtimoli juda yuqori

2026 yil meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq yilga aylanishi ehtimoli yuqori. Bu haqda AQShning Berkeley Earth notijorat tashkiloti prognozida ma’lum qilindi.

Tashkilotning oylik hisobotiga ko‘ra, 2026 yil tarixiy harorat rekordini yangilashi ehtimoli qariyb 69 foizni tashkil etmoqda. Tahlilchilar yana taxminan 30 foiz ehtimol bilan joriy yil eng issiq yillar reytingida ikkinchi o‘rinni egallashini kutmoqda.

Iyul esa 2026 yilning hozirgacha qayd etilgan eng issiq oyiga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yer yuzasining taxminan 8,5 foiz qismida mahalliy harorat rekordlari yangilangan. Bunday hududlar qatoriga O‘rta Yer dengizi mintaqasi, Janubiy Yevropa, Rossiyaning g‘arbiy qismi, Sibir va Markaziy Osiyo ham kiradi.

Umuman olganda, dunyoning 32 ta davlatida oylik harorat bo‘yicha yangi maksimal ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 08:17. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!