Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

2025 yilgacha Xitoy 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazadi

2025 yilgacha Xitoy 6G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazadi

Xitoyning eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan China Unicom rahbari Lyu Lixonning ma’lum qilishicha, kompaniya 2025 yildan kechiktirmagan holda 6G texnologiyasini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu tashabbusning maqsadi 2030 yilgacha Xitoyda oltinchi avlod tijorat uyali aloqa tarmog‘ini yaratishdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarmoq faqat yopiq formatda ishlaydi, ya’ni barcha xohlovchilar ham 6G texnologiyasidan foydalana olmaydi, ammo, ushbu o‘n yillikning oxiriga qadar texnologiyani mamlakatda yanada kengroq joriy etish va 6G tarmog‘ini tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirish juda muhim vazifa hisoblanadi.

Ushbu loyiha mualliflari 2025 yilgacha Xitoyda oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘idan foydalanishning eng dastlabki ssenariylarini amalga oshirishlarini, buning natijasida mamlakat bu boradagi yetakchi mavqeini saqlab qolishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 05:58 30.03.2023. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!