Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

2025 yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanadi

A A A
2025 yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanadi

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi.

2025 yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Ta’lim nazorati” kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezidentning 2023 yil 3 iyuldagi PQ–200-son tegishli qarorida o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritilgan.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:

nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha kvota ularning reytingdagi o‘rniga muvofiq ajratiladi;

oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 08:36 03.08.2023. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!