Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

2025 yilda Yevropada Rossiyaning gibrid hujumlari kamaydi, ammo 2026 yilda yana kuchayish ehtimoli bor

2025 yilda Yevropada Rossiyaning gibrid hujumlari kamaydi, ammo 2026 yilda yana kuchayish ehtimoli bor

2025 yilda Yevropada Rossiyaga nisbat berilgan gibrid urush amaliyotlari soni 2024 yilga nisbatan kamaydi. Biroq tahlilchilar bu pasayish strategik tanaffus yoki taktika o‘zgarishi bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.

France 24 tahliliga ko‘ra, josuslik, sabotaj, kiberhujumlar, ta’sir o‘tkazish amaliyotlari va suiqasd urinishlari 2022 yildan beri Yevropa davlatlarida muntazam kuzatilib kelmoqda. 2024 yilda bunday hodisalar eng yuqori cho‘qqiga chiqqan, 2025 yilda esa qariyb ikki barobarga kamaygan.

Mutaxassislar buni bir necha omil bilan izohlaydi: Yevropa razvedka xizmatlarining samaradorligi oshgani, Moskva Ukraina bo‘yicha maqsadlariga muzokaralar orqali erishishga urishayotgani yoki Kreml gibrid strategiyani qayta ko‘rib chiqayotgani.

Shu bilan birga, tahlilchilar 2026 yilda xavf qayta oshishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ayniqsa, Fransiya va boshqa qator Yevropa davlatlarida saylovlar yaqinlashayotgani fonida keng ko‘lamli ta’sir operasiyalari va provokasiyalar ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Ekspertlar fikricha, Rossiyaning keyingi qadamlari Ukraina bo‘yicha AQSh va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 14:27. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!