Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

2025 yil "Ochiq byudjet" portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi

A A A
2025 yil "Ochiq byudjet" portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e’lon qilindi



Unga ko‘ra:

1️⃣ Yanvar oyida 2024-2025-o‘quv yili uchun "Mening maktabim" loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13-17 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Loyihaning 2025-2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10-oktyabrda, ovoz berish esa 21-30-oktyabr kunlari bo‘ladi.

2️⃣ "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumi fevral-mart oylariga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-20-fevralda, ovoz berish esa 11-20-mart oralig‘ida bo‘ladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Loyihalarni kiritish 15 iyuldan 3 avgustgacha, ovoz berish 22 avgustdan 31 avgustgacha etib belgilangan.

3️⃣ "Mening bog‘im" loyihasi aprel oyida o‘tkaziladi. 1-10-aprelda loyihalarni kiritish, 21-30-aprelda esa ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

4️⃣ "Mening bog‘cham" loyihasi iyun oyida o‘tkaziladi. Loyihalar uchun ovoz berish jarayoni 1-10-iyun kunlariga belgilangan.

Kiritildi: 13:15 09.01.2025. O'qildi: 4858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!