Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

2024 yildan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish, paxta yig‘im-terimini moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi

A A A
2024 yildan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish, paxta yig‘im-terimini moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi

2024 yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish, paxta yig‘im-terimi va xaridi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi.

Unga ko‘ra:
➖fyuchers shartnomasi tuzgan yetishtiruvchi va urug‘chilik sub’ektlariga har yili 1 oktyabrdan boshlab, paxta xomashyosi yetishtirish uchun – paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 14 oyga, shu jumladan 12 oylik imtiyozli davr bilan;

➖klasterlarga paxta xomashyosi xaridi bo‘yicha yakuniy hisob-kitob uchun paxta xomashyosi qiymatining 80 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) 10 oyga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr va oxirgi 4 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;

➖ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan agrotexnik tadbirlar doirasida tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan moddiy resurslar yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar yetishtiruvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi (bug‘doy yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hozirga yetkazib beruvchilarni o‘zlari tanlamoqda);

➖ yetishtiruvchilar, klasterlar va urug‘chilik xo‘jaliklari kredit buyurtmalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etadi.

Kiritildi: 20:59 13.12.2023. O'qildi: 5280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!