Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,28 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan 74,7 ming dona (elektromobillarni qo‘shgan holda) yengil avtomobil import qilingan.
O‘zbekistonga 2024 yilda eng ko‘p yengil avtomobil import qilgan davlatlar:
Xitoy – 61 ming dona
Koreya – 11,9 ming dona
AQSh – 639 dona
Hindiston – 577 dona
Yaponiya – 168 dona
Boshqa davlatlar – 374 dona.