Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan taxminan 400 ming kishi urushga borish uchun shartnoma imzoladi — “Vajniye istorii”

2024 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan taxminan 400 ming kishi urushga borish uchun shartnoma imzoladi  — “Vajniye istorii”

"2024 yilda Rossiya Qurolli Kuchlari bilan 374,2 mingdan 407,2 ming nafargacha odam shartnoma imzolagan", deya ma’lum qildi “Vajniye istorii” federal byudjet xarajatlari ma’lumotlariga tayanib.

Sonlardagi bunday noaniqlikka 2024 yil avgust oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartnoma tuzganlar uchun to‘lov miqdorini oshirgani sabab bo‘lgan, shuning uchun yilning uchinchi choragi bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Nashrning yozishicha, 2023 yil bilan solishtirganda urushga yollash sur’ati pasaygan. 2024 yilning to‘rtinchi choragida har kuni o‘rtacha 1700 kishi shartnoma imzolagan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 1,3 baravar kam.

Kiritildi: 22:10 30.05.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!