AQSh kelasi yili NATO sammitiga mezbonlik qiladi. Bu haqda seshanba kuni Varshavada so‘zlagan AQSh prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan birga Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Kelasi yili men NATOning barcha a’zolarini AQShda bo‘ladigan sammitda qabul qilaman", dedi u. "Biz birgalikda eng kuchli mudofaa kuchlarining 75 yilligini nishonlaymiz.".
"AQShning NATOdagi ittifoqchilari oldidagi majburiyati va [NATO - Vashington shartnomasining] 5-moddasi toshga o‘xshaydi. Buni NATOning har bir davlati biladi, Rossiya ham biladi", - dedi Bayden.