Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

2024 yil: Saylovlar yili

A A A
2024 yil: Saylovlar yili

2024 yil tarixdagi eng yirik saylovlar yili deb nomlandi. Bu yil dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, AQSH, Meksika, Hindiston, Pokiston va Indoneziya kabi aholi soni ko‘p davlatlarda milliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Bu saylovlarda 2 milliardga yaqin saylovchi(dunyo aholisining to‘rtdan bir qismi) qatnashishi kutilmoqda.

Anchor Change ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil bo‘lib o‘tadigan saylovlarning 75 foizi erkin yoki qisman erkin deya tasniflanadi.

Hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda bo‘lgan Hindiston ovoz berish huquqiga ega fuqarolar soniga ko‘ra ham yetakchi hisoblanadi. Shu sababli mamlakatdagi saylov yilning eng yirik saylovi bo‘lishi kutilmoqda.

2024 yilda O‘zbekistonda parlamet saylovi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ushbu yilda Okeaniya mintaqasidagi Tuvalu davlatida esa eng kam o‘rinli(16 deputat) parlament uchun saylov bo‘lib o‘tadi.

Burkina-Fasoda yuz bergan so‘nggi davlat to‘ntarishlari mamlakatda rejalashtirilgan umumiy saylovlarning o‘kazilishini shubha ostiga qo‘ydi.

Mintaqaning yana bir siyosiy beqaror davlati Chadda parlament saylovi sanasi 2024 yil oktyabriga belgilanishidan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan. Chadda parlament saylovi bilan bir vaqtda bo‘ladigan prezidentlik saylovi ham bo‘lib o‘tadi.

Ukraina prezidenti Zelenskiy mamlakatda Rossiya bosqinidan beri amalda bo‘lgan harbiy holat sharoitida prezidentlik saylovini o‘tkazish ilojsizligini ma’lum qilgan.

Joriy yil yozida Yevropa Ittifoqining 27 davlati aholisi yangi Yevropa parlamenti deputatlari uchun ovoz beradi.

Yilning eng muhim saylovlari sifatida AQSh va Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini ham aytib o‘tishimiz kerak.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, noteng imkoniyatlar va muxolif nomzodlarning yo‘qligi sharoitida mart oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda Vladimir Putinning g‘alabasi shubhasizdir.

2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Qo‘shma Shtatlar prezidentligi uchun saylovda demokratlar vakli, amaldagi prezident Jo Bayden va respublikachilar vakili, sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida keskin kurash bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:19 11.02.2024. O'qildi: 6242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!