2024 yilda migrantlar yuradigan yo‘llarda 8938 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkiloti ma’lum qildi, deb yozadi Turkiyaning Anadolu agentligi.
Bu tarixda migrantlar o‘limi eng ko‘p bo‘lgan yil bo‘ldi.
So‘nggi 5 yil ichida migrantlar yo‘lida halok bo‘lganlar soni muttasil ortib bormoqda. 2024 yil uchun bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘ldi. 2023 yilda 8747 kishi vafot etgan.
Xalqaro migrasiya tashkilotining operasiyalar bo‘yicha direktori Ugochi Deniyelsning so‘zlariga ko‘ra, bu dahshatni nafaqat to‘xtatish, balki oldini olish ham mumkin.
Deniyelsning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilmoqda
“Bu fojiali hodisalar sonini kamaytirishga imkon beradigan xalqaro choralarni zudlik bilan qabul qilish kerakligini bildiradi”, – dedi u.