✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning fevral oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 3,9 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5 fevral kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 76 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.
➡️ Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.