2024 yil 1 yanvardan boshlab barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida alohida “Ijtimoiy xizmat darchalari” tashkil etiladi. Bu haqda bugun prezident tomonidan qabul qilingan "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida aytilgan.
“Ijtimoiy xizmat darchalari” orqali ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun arizalar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.