Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko‘ra, 2023 yil davomida o‘g‘il farzandlarga eng ko‘p Muhammadali va qiz farzandlarga Soliha deb ism qo‘yilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 27 431 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali, 24 365 nafar qizga Soliha ismi berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda yil davomida tug‘ilgan 501 577 nafar o‘g‘il va 466 563 nafar qizga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berilgan.
2023 yilda qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima (15 918), Yasmina (19 911), Hadicha (10 759), Imona (10 310) ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.
O‘g‘il bolalar ismlarining top 5 taligida esa Muhammadalidan tashqari Mustafo (22 880), Abdulloh (18 116), Muhammad (17 025), Muhammadyusuf (13 774) ismlari ham bor.