Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

2023 yildan Qozog‘iston maktablarida 12 yillik ta’limga o‘tish boshlanadi

A A A
2023 yildan Qozog‘iston maktablarida 12 yillik ta’limga o‘tish boshlanadi

Qozog‘istonda 2023 yildan boshlab maktablarda 12 yillik ta’limga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan. Bu vaqtga qadar Ta’lim va fan vazirligi davlat standarti hamda o‘quv dasturlarini yangilaydi, deya xabar berdi vazir Asxat Aymagambetov dushanba kuni vazirlik kollegiyasida.

Avvalroq vazirlik 2021 yildan boshlab Qozog‘iston maktablari 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tishi kerak bo‘lgan rejalarini e’lon qilgandi.

«Buning uchun biz ko‘p ish qilishimiz kerak. Xususan, davlat standarti, o‘quv dasturlari va namunaviy o‘quv dasturlarini yangilash lozim. Matematika, informatika va tillar ustuvor fanlarga aylanadi. Qozog‘iston tarixi va jahon tarixi bo‘yicha yagona darsliklar joriy etiladi», - dedi ta’lim va fan vaziri. 

Asxat Aymagambetov, shuningdek, 2023 yildan lotin yozuvini joriy etish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi. 

Vazir barcha mintaqalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha maktablar videokuzatuv bilan 100 foiz ta’minlangani, hojatxonalarning 99 foizi iliq pol bilan jihozlanganini ta’kidladi. 

Ta’lim muassasalarida bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ushbu chora-tadbirlar o‘tgan yili Taraz shahridagi maktabda sodir bo‘lgan fojiali voqea bilan bog‘liq. U yerda erkak kishi maktab o‘quvchisi bo‘lgan 12 yoshli qizni dars paytida hojatxonada zo‘rlagan. Hozirda u 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shundan so‘ng, mamlakat prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘istonning barcha maktablarida ko‘chada joylashgan hojatxonalarni yopib tashlash to‘g‘risida topshiriq berdi.

Kiritildi: 18:08 15.03.2021. O'qildi: 2484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!