Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

2023 yilda O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olindi

2023 yilda O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olindi

2023 yilda O‘zbekistonda qazib olingan oltin miqdori 100 tonnani tashkil etgan. Bu 2022 yilga nisbatan solishtirganda 4 tonnaga kam.

AQSh Geologiya xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 2023 yilda 130 tonnani tashkil etgan va avvalgi yilga nisbatan o‘sish 15 tonnaga yetgan.

Rossiyada 310 tonna oltin qazib olingan bo‘lib, bu avvalgi yil ko‘rsatkichiga mos keladi.
Umuman olganda, 2023 yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022 yilga nisbatan 60 tonna kam.

Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSh Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingan.

Kiritildi: 09:21 12.10.2024. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!