Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

2023 yilda respublikadagi milliy madaniy markazlar tomonidan 15000 tadan ortiq tadbir o‘tkazildi

A A A
2023 yilda respublikadagi milliy madaniy markazlar tomonidan 15000 tadan ortiq tadbir o‘tkazildi

2023 yilda respublikadagi milliy madaniy markazlar tomonidan 15000 tadan ortiq tadbir o‘tkazildi.

AOKAda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyati tahlili yuzasidan ma’lumot berildi:

Qayd etilishicha, 2023 yilda yangi 3 ta milliy madaniy markaz tashkil etildi. Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun davlat byudjetidan 20 mlrd. so‘mga yaqin mablag‘ ajratish belgilangan.

Bugungi kunda Qo‘mita mamlakatdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.

Chet eldagi hamkor tashkilotlar bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha 5 ta anglashuv memorandumi va kommyunike imzolandi. Yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5 ta farmoyish loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2023 yilda jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish va xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 1 ta qonun, 2 ta Prezident qarori, 18 ta hukumat qarori va farmoyishi loyihalari tayyorlangan.

Kiritildi: 16:17 28.02.2024. O'qildi: 3139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!