Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov ma’lum qildi.
Amalda umumiy undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 trln. so‘mga (35%) o‘sdi.
Byuroning axborot texnologiyalari yordamida masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan va fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmagan holda, 766,4 mlrd. so‘mlik 2 mln.ta hujjatning ijrosi ta’minlandi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan – “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq jamg‘armalariga 936,4 mlrd. so‘m yoki o‘tgan mos davrga nisbatan 357,8 mlrd. so‘m (62 %) ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.
Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga jami 2 trln. so‘m aliment pullari undirilib, bu ko‘rsatgich ham oldingi davrga nisbatan 664,6 mlrd. (49 %) so‘mga oshganligini ko‘rsatmoqda.