Falastin anklavining sog‘liqni saqlash vazirligi 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 mingdan oshganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroil tajovuzi qurbonlari soni 50 021 kishiga yetgan, yana 113 274 kishi jarohat olgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida 41 kishi halok bo‘lgani va 61 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.