Futbol ishqibozlari 2022 yilgi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida faqat bitta shart bilan ishtirok etishlari mumkin — ular koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi kerak. Bosh vazir Xolid bin Xalifa bin Abdulaziz Al-Tani tashrif buyurganlardan koronavirusga qarshi emlash talab etilishini aytdi.
"Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati vaqti kelguniga qadar dunyoning aksariyat davlatlari o‘z fuqarolarini emlab bo‘ladi", dedi Al-Tani.
U ayni paytda Qatar 2022 yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tashrif buyuruvchilar uchun 1 million dozada vaksina berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini aniq aytdi. Turnir qish mavsumida o‘tkazilgan tarixdagi birinchi musobaqa bo‘ladi.