Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

2022 yilda O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?

 2022 yilda O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgan?

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

✅ Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

✅ 2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

🔷 Qozog‘iston – 39,2 ming tonna

🔷 Rossiya – 15,1 ming tonna

🔷 Qirg‘iz R. – 11,1 ming tonna

🔷 Belarus – 1,1 ming tonna

🔷 Tojikiston – 624 tonna

🔷 Latviya – 448 tonna

🔷 Mongoliya – 157 tonna

🔷 Ukraina – 43 tonna

🔷 Polsha – 19,4 tonna

Kiritildi: 13:25 06.08.2022. O'qildi: 2293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!