Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

2022 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

A A A
2022 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda 27 ming 220 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston beshinchi o‘rinda bormoqda. Har kuni o‘rtacha 74 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Umuman olganda, 2022 yilda 691 ming 45 nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda Ukraina fuqarolari – 296 ming 901 kishi Rossiya fuqaroligini olgan.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston – 173 ming 634 kishi. Uchinchi o‘rinda Armaniston – 45 ming 86 kishi, to‘rtinchi o‘rinda Qozog‘iston – 42 ming 10 kishi. O‘zbekiston – beshinchi o‘rinda.

Kiritildi: 20:11 09.02.2023. O'qildi: 2983 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!