Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

2020 yilning eng ommabop parollari

2020 yilning eng ommabop parollari

DLBI ma’lumotlar sizishi razvedkasi xizmati 2020 yilda eng ommabop bo‘lgan parollar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar qilmoqda.

123456 birikmasi avvalgidek eng ommabop parol bo‘lib qolmoqda. Reytingda 123456789 va 000000 ham yuqori o‘rindan joy olgan. Birinchi marta unda “asdasd” va “asdfghjkl”, kirill yozuvidagi “marina” paydo bo‘lgan.

Shu bilan birga “qwerty” birikmasidagi parollar yetakchi pog‘onalardagi o‘rnini yo‘qotgan. Ular o‘tgan yili ro‘yxatning birinchi yarmini egallagandi. Lekin bu birikmalar faqat harflardan iborat parollar orasida yetakchi.

Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, inglizcha “password”, “iloveyou”, “dragon” va “monkey”kodlari eng ko‘p tarqalgan. Kirill yozuvida esa “ysuken” (o‘tgan yili ikkinchi o‘rinda edi), “parol” (2019 yil yetakchisi), “ya”, “lyubov” va “privet” eng ko‘p foydalanilgan.

Eng ommabop o‘ntalikka “natasha”, “maksim”, “lyublyu”, “andrey” va “marina” ham kiritilgan.

Bundan tashqari, 2020 yilda koronavirus bilan bog‘liq parollar paydo bo‘lgan. Masalan, “covid19”, “korona”, “epidemic”, “COVID19_Access”, “pandemic”, “coronavirus”.

Kiritildi: 17:03 02.03.2021. O'qildi: 2872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!