Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

2020 yilning dastlabki 5 oyida qancha jinoyat sodir etilgani aytildi

A A A
2020 yilning dastlabki 5 oyida qancha jinoyat sodir etilgani aytildi

Odamlarning ishsizligi, pulsizligi va pul topish imkoniyati cheklanganligi, istaymizmi-yo‘qmi, boshqa ijtimoiy muammolarga yo‘l ochadi, jumladan, jinoyatchilik ko‘payadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki 5 oyida 17 271 ta jinoyat qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 foizga ko‘p, degani. 

Bosqinchilik, o‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari keskin ko‘paygan. E’tiborlisi, jinoyatlar aholi tig‘iz hududlarda, aniqrog‘i Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlarida sezilarli darajada oshgan. Masalan, joriy yilning o‘tgan 5 oyida Farg‘ona viloyatida 2 575 ta jinoyat qayd etildi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘p demakdir. Ushbu hududda hisobot davrida o‘g‘irlik va talonchilik 2,5 barobarga oshgan.

Karantin, chegaralar yopilishi, xalqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berilmagani, psixologik bosimning kuchayishi ortidan bunday statistika yuz berishi tayin edi. Hayotning haqiqati bu.

Kiritildi: 13:47 30.06.2020. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!