Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

2019 yilning eng ishonchsiz parollari

2019 yilning eng ishonchsiz parollari

Mustaqil tadqiqotchilar 2019 yilning eng ommalashgan va eng zaif parollari ro‘yxatini tuzishdi. Ma’lumotlarni himoyalash uchun ushbu harf va raqamlar ketma-ketligidan juda ko‘p foydalanilgani uchun ham ularni buzish xakerlar uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Zaif parollar ro‘yxati axborot chiqib ketishi va buzilishi oqibatida internetda shakllangan bazalar asosida tuzildi. Tadqiqotda 500 milliondan ortiq kod variantlari ko‘rib chiqildi.

Raqamli texnologiyalar har qancha taraqqiy etgani bilan odamlar hamon shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashda «12345» kombinasiyasidan foydalanishmoqda. Bu parolni buzish uchun xakerga bir soniya ham ketmaydi. Eng ko‘p ishlatiluvchi parollar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda — «111111» hamda «123321».

Qolaversa, keng tarqagan ayollar ismlari (Nikol, Jessika, Hanna kabi), klaviaturada gorizontal yoki vertikal joylashgan harflar kombinasiyalari (asdfghjkl, qazwsx, 1qaz2wsx) yoki shunchaki «parol» («password») so‘zidan foydalanuvchilar ham oz emas. Mana shu oxirgi «parol» so‘zini hamon 830 846 kishi «qalqon» sifatida ishlatmoqda (ha, ULAR buni bilishadi).

Kiritildi: 12:49 17.12.2019. O'qildi: 2783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!