Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

2017-2019 yillar dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylashtirishga shoshiling

2017-2019 yillar dasturlari asosida qurilgan uy-joylarni rasmiylashtirishga shoshiling

Qurilish vazirligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 28 noyabrdagi Prezident Farmonining 9-ilovasi 5 “v” bandiga asosan “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJ 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylar bo‘yicha 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilangan. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev yozmoqda.

Uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJning mulki hisoblanadi. Yuqoridagi farmon talablaridan kelib chiqib, xonadonlarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali  xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK hisob-raqamiga kelib tushmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi.

2017-2019 yil dasturi bo‘yicha uy-joylarga biriktirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi yuqoridagi imtiyozdan foydalangan holda, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirib olishdi. Turli sabablarga ko‘ra, uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar ham ushbu imtiyozdan foydalanishi uchun istisno tariqasida 2020 yil 1 iyulga qadar imtiyozning amal qilishi uzaytirildi.

Prezident farmoni bilan “O‘zshahar qurilish invest” IK MCHJ va  “Qishloq  qurilish invest” IK MCHJga 2020 yil 1 iyulgacha berilgan imtiyozlar 2017-2019 yil dasturlari bo‘yicha qurilgan uy-joylarga nisbatan tatbiq etiladi. 2020 yil dasturi doirasida qurilayotgan uy-joylar uchun yuqoridagi imtiyozlar tatbiq etilmaydi, shuning uchun ushbu dastur bo‘yicha qurilayotgan uy-joylar narxiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilgan holda hisoblanmoqda.

Xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilgan uylarga 2020 yil 1 yanvardan boshlab QQS tatbiq etilgan. Ikkilamchi uy-joylar oldi-sotdisida agar sotuvchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi yuridik shaxs bo‘lmasa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanmaydi.

Kiritildi: 19:02 11.05.2020. O'qildi: 4758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!