Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kayya Kallas Suriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.
— Bugun biz Suriyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildik. Biz Suriya xalqiga yangi, inklyuziv va tinch Suriya qurishda yordam bermoqchimiz. Yevropa Ittifoqi Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, — dedi Kallas Bryusselda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Evropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni 2011 yilning may oyida, mamlakatda fuqarolar urushi boshlanganidan keyin kiritgan edi.
Ushbu cheklovlarga quyidagilar kiradi:
2025 yilning 24 fevralida, rejim qulagandan so‘ng, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha birinchi qarorini qabul qildi. Ushbu qaror bank, energetika va transport sohalarini qamrab oldi.
Evropa Ittifoqi vakillari sanksiyalarning bekor qilinishi orqaga qaytariladigan jarayon ekanligini va Suriyadagi vaziyat qattiq nazorat ostida ekanini ta’kidladi.