Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

19 yoshli haydovchi “Kamaz”da 7 yoshli piyodani urib yubordi

A A A
19 yoshli haydovchi “Kamaz”da 7 yoshli piyodani urib yubordi

Qashqadaryo. 2020 yilning 05 avgust soat 09-00 larda fuqaro 19 yoshli S.S., boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” rusumli avtomashinasida Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog‘i hududining ichki yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 7 yoshli SH.A.,(ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborib, yo‘l-transport xodisasi sodir qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada voyaga yetmagan SH.A., voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 20:00 05.08.2020. O'qildi: 3197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!