Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

19 oktyabr uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

19 oktyabr uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 19 oktyabr, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!