Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

+18. Islom Karimovning AQShdagi nabirasi yarimyalang‘och holda tushgan rasm muhokamalarga sabab bo‘ldi (FOTO)

+18. Islom Karimovning AQShdagi nabirasi yarimyalang‘och holda tushgan rasm muhokamalarga sabab bo‘ldi (FOTO)

Islom Karimovning Amerikada yashayotgan nabirasi Maryam Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarovning birga tushgan ochiq surati keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Maryam ichki kiyimsiz ekani ko‘ringan rasmni Amiran o‘zining Instagram'dagi sahifasiga joylagan. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

+18. Islom Karimovning AQShdagi nabirasi yarimyalang‘och holda tushgan rasm muhokamalarga sabab bo‘ldi (FOTO)

Original fotoning bir qismi xiralashtirilgan / Instagram

Rossiyalik vloger surat ostidagi izohda rus tilida “jena” deya yozib qoldirib, yonidagi ayol xotini ekanini bildirgan va uning Instagram akkauntini yozib qoldirgan.

Maryam Tillayeva o‘zidan 13 yosh katta Amiran Sardarovga shu yil aprelda turmushga chiqqan edi. Juftlikning to‘yi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Maryam – O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi – Lola Karimova-Tillayevaning farzandi. U AQShga bundan 7 yil avval, 14 yoshida ko‘chib kelgan (bu haqda xorijiy nashrlardan biriga bergan intervyusida aytib o‘tgan).

Amiran esa 2020 yilda yangi hayot boshlash uchun Rossiyadan AQShga ko‘chib borgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqlar va turli bloglarda ancha faol hisoblanadi.

Kiritildi: 21:22 05.08.2021. O'qildi: 46427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!