Doston Satpayev Qozog‘iston terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Talgat Baysufinov jamoasi 15 noyabr kuni JCh saralashida Belgiya bilan durang o‘ynadi - 1:1.
Uchrashuvning 9-daqiqasida 17 yoshli Satpayev hisobni ochdi. "Chelsi"ga tegishli va "Qayrat" sharafini himoya qilayotgan hujumchi terma jamoa rekordini yangiladi.