17 oktyabr oqshomida osmonda birinchi kuzgi super Oy ko‘rinish beradi.
Bu yilning uchinchi super Oyi bo‘lib, u sayyoramizdan 357 364 kilometr uzoqlikda bo‘ladi va u odatdagi to‘lin Oydan 30 foiz yorqinroq va deyarli 15 foiz kattaroq ko‘rinadi.
Quyosh botgandan keyin super Oyni kuzatish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Oyning ko‘tarilishi paytida, Oy ikkita yorqin sayyora o‘rtasida – Saturndan o‘ngda, Yupiterdan chapda joylashgan bo‘ladi.