Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

17 maydan Saudiya Arabistoni "ochiladi"

17 maydan Saudiya Arabistoni "ochiladi"

Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi turlari tarqalishi sababli yopilgan chegaralarini 17 maydan boshlab yana ochadi va o‘z fuqarolarining boshqa davlatlarga safarlariga cheklovlarni bekor qiladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

“2021 yil 17 may soat 01:00dan boshlab fuqarolarning safarlariga cheklovlar bekor qilinadi va boshqa davlatlar bilan dengiz, quruqlik orqali va havo aloqasi ochiladi”, deb aytilgan xabarda.

Cheklovlar 2020 yil 21 dekabrdan boshlab kiritilgandi.

Ma’lum qilinishicha, harakatlanishga cheklovlarning bekor qilinishi podshohlikning bir necha toifadagi fuqarolariga taalluqli bo‘ladi: bir oydan ko‘proq vaqt oldin koronavirusga chalinib, sog‘ayganlarga; vaksina olganlarga va podshohlikning boshqa davlatda koronavirusdan davolanishga ketadigan xarajatlarni qoplovchi tibbiy sug‘urta polisiga ega 18 yoshdan kichik fuqarolariga. Xorijliklar Saudiya Arabistoniga kelgandan keyin 2 haftalik majburiy karantinni o‘tashlari kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 04:00 03.05.2021. O'qildi: 3677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!